Kompaniya haqida
«MEGA BEST STANDART» masʼuliyati cheklangan jamiyati 2013 yil 30 iyulda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Chingildi mahallasi, Bogbon ko‘chasi, 283-uy manzilida joylashgan. Jamiyat № 008296-04 sonli davlat guvohnomasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kompaniya tashkil etilganidan buyon metall konstruksiyalar va interyer elementlarini ishlab chiqarish sohasida o‘zini ishonchli hamkor sifatida namoyon etgan. Biz turli metall mahsulotlar - shkaflar, stollar, stullar, kronshteynlar, profillar, panjaralar (reshyotkalar) hamda boshqa metall konstruksiyalarni ishlab chiqaramiz. Shuningdek, metallni kesish, bukish, parmalash va qayta ishlash xizmatlarini ham yuqori aniqlikda amalga oshiramiz.
Biz qurilish obyektlari, ofislar, taʼlim muassasalari va xonadonlar uchun individual buyurtmalarni qabul qilamiz. Har bir mijoz uchun — o‘ziga xos yechim, sifatli mahsulot va ishonchli hamkorlik tamoyili asosida ishlaymiz.